Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda qizamiqdan 200 dan ko‘proq odam vafot etdi
Foto: mpravda
Filippinda qizamiq epidemiyasidan yil boshidan kamida 203 kishi vafot etdi, 12,7 mingdan ko‘proq kishi kasallandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda aytilgan.
Avvalroq 136 kishi vafot etgani va 8,4 ming kishi kasallangani ma'lum qilingan.
“Filippin sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 1 yanvaridan 23 fevraligacha qizamiqdan 203 kishi o‘lgani va 12,7 mingdan ko‘proq kishi kasallanganini qayd qilgan”, deyilgan bayonotda.
“Qizamiqdan kasallanganlarning yarmidan ko‘pi 5 yoshdan kichik, o‘rtacha 2 yoshli bolalardir. Kasallanganlarning 63 foizi qizamiqdan emlanmagan bo‘lgan, 19 foizi necha marta emlanganini bilmaydi, 16 foizi esa emlangan-emlanmaganini bilmaydi”, deyilgan xabarda.
Qizamiq o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Ushbu kasallikni kamaytirishning asosiy omili emlash hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:05 / 02.12.2025
Qizamiqdan o‘limlar soni kamaydi, lekin kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – JSST
11:46 / 17.11.2025
Filippin poytaxtida yuz minglab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilikka chiqdi
18:04 / 12.11.2025
“Bu xastalikdan 40 ga yaqin bola o‘ldi”: Qizamiq asoratidan aziyat chekayotganlarga kim yordam beradi?
21:35 / 09.11.2025