O‘zbekiston | 13:25 / 28.02.2019
2935
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Abu-Dabiga boradi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston delegatsiyasi IHT TIVKning bo‘lajak sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 1-2 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo-davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) 46-sessiyasi ishida ishtirok etadi.

Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lish doirasida IHT rahbariyati va TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid