Jahon | 20:29 / 28.02.2019
43435
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston va Pokiston qurolli kuchlari taqqoslandi

Foto: Guy Martin / wikimedia

Avvalroq Global Firepower resursi 2018 yil ma'lumotlariga ko‘ra davlatlarning harbiy qudrati bo‘yicha reytingini e'lon qilgandi. Ro‘yxatga 136 ta davlat kiritilgan. Reytingni tuzishda 55 ta omil tahlil qilingan. U asosan qurolning miqdori emas, balki qurolli kuchlarning turfaligiga asoslangan. Yadro quroli hisobga olinmagan, biroq unga ega davlatlar muayyan bonus olgan.

Muhim omillar sifatida davlatning geografik o‘ziga xosligi, logistik imkoniyati, tabiiy zaxiralari, sanoatining rivojlanganlik darajasi, ishchi kuchi soni va moliyaviy barqarorligi hisobga olingan. Reytingga ko‘ra, ilk uchta o‘rinni AQSh, Rossiya va Xitoy egallagan. Qayd etish joiz, O‘zbekiston reytingda 39-o‘ringa qo‘yilgan.

Hozirda o‘zaro mojarolashayotgan Hindiston 4-o‘rinni, Pokiston esa 17-o‘rinni egallagan. 

Hindistonning aholisi 1 281 935 911 kishidan, mehnat resurslari 616 mln kishidan, qurolli kuchlari 4 207 250 kishidan iborat. Mamlakat 2185 ta samolyot va 4426 ta tankka, hind floti esa 295 ta kemaga, jumladan bitta aviatashuvchi kema va suv osti kemalariga ega. Mamlakatning mudofaa budjeti 47 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Pokiston aholisi esa 204 924 861 kishini tashkil qiladi, mehnatga layoqatli aholisi 95 mln kishidan iborat. Qurolli kuchlari safida 919 ming kishi xizmat qiladi. Pokiston qurolli kuchlarida 1281 ta samolyot va 2182 tank, 197 ta kema bor. Mudofaa budjeti 7 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Hindiston ham, Pokiston ham yadro quroliga ega ekanligini hisobga olish kerak. 

Mavzuga oid