Jahon | 01:21 / 01.03.2019
15797
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik kolleksioner uyida 2 mingta inson suyagi aniqlandi

Foto: REUTERS/Ringo Chiu

AQShning Indiana shtatida FQB xodimlari 2015 yilda vafot etgan kolleksioner Don Millerning uyidan 2 mingta inson suyagini aniqlashdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

Mutaxassislar topilgan suyaklarning kelib chiqishini aniqlashgan: suyaklardan aksariyati amerikalik hindular, jumladan arikara qabilasi vakillariga tegishli bo‘lgan.

“Kolleksiyaning taxminan yarmi amerikalik hindular merosi bo‘lgan, qolgan qismi dunyoning turli burchaklaridan yig‘ilgan”, deb aytgan FQBning san'at sohasidagi jinoyatlar bo‘limi boshlig‘i Tim Karpenter.

2014 yilda Millerning kolleksiyasidan 42 mingta qadimiy buyum, jumladan Kolumbgacha Amerika sopol idishlari, italyan mozaikasi, Xitoyning qadimiy buyumlari va zeb-ziynatlari musodara qilingan. FQB ma'lumotlariga ko‘ra, kolleksioner ko‘plab eksponatlarni noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan.

Millerdan musodara qilingan barcha buyumlar Kambodja, Kanada, Kolumbiya va Meksikaga qaytarilgan.

Mavzuga oid