Las-Vegasda istiqomat qiluvçi kolleksioner Amerikaning Britaniya hukmronligidan ozod bölganligining 240-yilligiga Mustaqillik deklaratsiyasining 201 fiksmeylidan birining egasiga aylandi. Bu Kevin Kostinerga 75 dollarga tuşdi, nusxaning asliga töğri ekanligi tasdiqlanganidan söng u kimoşdi savdosida 35 ming dollarga sotilişi mumkin. Bu haqida Fox News xabar qildi. 

Manbaga köra, Las-Vegasdagi muzeylar rahbari Mark Xoll-Patton Mustaqillik deklaratsiyasining asl nusxasi 1823 yilda mis taxtada öyib yoziş usuli bilan yaratilganligini ma'lum qilgan. "Bunday nusxani öz közimiz bilan köriş quvonarli, albatta. Endi hattoki uning nusxalarini ham topib bölmaydi". 

Kollektsionerning sözlariga köra, u yaqinda bölib ötgan kimoşdi savdosida Kaliforniya ştati Fanlar akdemiyasi keraksiz deb xalos bölgan bir neça quti hujjatni 75 dollarga xarid qilgan. Bir uyum qoğozning eng tagida u Mustaqillik deklaratsiyasi nusxasini topib oldi. Hujjatga doir ma'lumotlarni töplagan Kevin haqiqiy "javohir"ning egasiga aylanganiga işonçi komil böldi. "Noyob buyumlar va qoğozlarni yiğişga qiziqaman", - deya ma'lum qildi kolleksioner. U foydani közlab pul tikkanini tan oldi, lekin qimmatbaho hujjatni qayta sotib, daromad oliş niyati yöqligini bildirdi.