Boğdodlik Mirzaolim Tursunov asli payvandçi usta. Ermitaj muzeyi yaqinida harbiy xizmatni ötagan usta öşa davrlardanoq tarixiy bumlar töplaşga qiziqa boşlagan. Hozirda uning şaxsiy kolleksiyasida bir muzeynikidan kam bölmagan turli tarixiy buyumlar töplangan.
Boğdod tumanida yaşovçi Mirzaolim Tursunov hunari ortidan elda hurmat topganlardan: u uzoq yillardan beri payvandçilik qilib, rözğor tebratib keladi. Qolaversa, usta tarixiy buyumlar töplaşga ham qiziqadi. Uning şaxsiy kolleksiyasida bir muzeynikidan kam bölmagan turli tarixiy buyumlar yiğilgan.
“Erişganlarimning barçasi payvandçilikdan. Kasbimdan, qilayotgan işimdan zavq olaman. Mehnatdan qoçiş yöq, elning xizmatini qilib kelyapman. Hunar ortidan imoratlar kötardim, töylar qildim.

Oilamning tinçligi, soğliği, yurt tinçligi men uçun baxt. 3 farzandim bor, ular bilan faxrlanaman. Katta öğlim doim men bilan, şogirdim. Kiçik öğlim esa Toşkentda, Turizm qömitasida işlaydi. Qizim turmuşga çiqqan, ingliz tili yönalişida öqiydi. Işdan çarçab kelganimda yiğib qöygan milliy çolğu asboblarini çalib, madaniy hordiq olaman”, deydi usta.

Usta Ermitaj muzeyi yaqinida harbiy xizmat ötagani sabab kolleksiya yiğişga qiziqib qolgani, Farğona davlat universitetining tarix fakultetiga imtihon topşirib kira olmagani haqida sözlab berdi.

“Kolleksiyani 1990 yildan yiğişni boşlaganman. Tarix faniga qiziqaman. Lekin tarix fakultetiga öqişga kira olmadim. Xizmatga ketdim, Ermitaj muzeyiga yaqin joyda edi harbiy bölimimiz. Muzeyga kirib, eksponatlarni körib, sohaga qiziqib qoldim.

Xizmatdan kelgaç, tangalar, qoğoz pul, turli buyumlar yiğa boşladim. Asosan tangalar, miskarlik, kandakorlik, zargarlik mahsulotlari, kitoblar bor. Turli eski davr suratlari – Şarof Raşidov, Mamadali Topvoldiyev, Usmonxöjayevlarning asl suratlarini ham saqlayman.










