O‘zbekiston | 19:42 / 01.03.2019
7311
2 daqiqa o‘qiladi

​Huquqiy fanlar bo‘yicha yangi darsliklar chop etiladi -​ Ruslanbek Davletov

Huquqiy fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim, deb hisoblaydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. 

1 mart kuni o‘z ishini davom ettirgan Senatning XVIII yalpi majlisida Adliya vazirining 2018 yilda huquqiy targ‘ibot va ma'rifatning holati haqidagi axboroti ​tinglandi. 

Davletovning ta'kidlashicha, maktabgacha va xalq ta'limi tizimida ta'lim jarayonlarini huquqiy tarbiya bilan uyg‘un olib borish ishlariga yetarlicha e'tibor berilmasligi, bu borada mos dasturlar ​va standartlarning yo‘qligi sababli, o‘tgan davr mobaynida bir avlod boy berildi.

«Ya'ni ularning huquqiy ongini tarbiyalashda aniq bir mexanizmga tayana olmadik. Davlatimiz rahbari ham bu masalada qabul qilayotgan qarorlarida aynan shu narsaga jiddiy e'tibor qilmoqdalar», —​ deydi vazir.​

Uning aytishicha, ushbu darsliklar tahlil qilingach, bu kitoblarni nafaqat maktab o‘quvchilari, balki yuridik universitet talabalari ham o‘zlashtirishi juda qiyinligi e'tirof etilgan.

«Shunga ko‘ra, Xalq ta'limi vazirligi bilan ishlayapmiz va tez orada yangi avlod darsliklarini tayyorlab, nashrdan chiqaramiz», — deb qo‘shimcha qilgan Davletov.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid