Jahon | 08:13 / 02.03.2019
6850
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei mojarosi: Xitoy Kanadaga protest bildirdi

Foto: REUTERS/Thomas Peter

Xitoy Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni AQShga ekstraditsiya qilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qaror munosabati bilan Kanadaga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan ma'lum qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Pekin Kanada tomoniga qat'iy bildirishnoma yuborgan.

Kanada Adliya vazirligi Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni ekstraditsiya qilish jarayonini rasman boshladi.

Mahkama, shuningdek, Vanchjouga nisbatan keyingi sud harakatlarini amalga oshirish uchun ruxsat berdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XXR AQShni Xitoyning texnologik rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishga urinishda ayblagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid