XXR AQŞni Xitoyning texnologik rivojlanişini töxtatib qöyişga urinişda aybladi. Bu haqda The Associated Press xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, Xitoy TIV vakili Gen Şuan Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan boğliq vaziyat fonida şunday bayonot bilan çiqqan.

«Ular (AQŞ) Xitoydagi işlab çiqarişning tabiiy rivojlanişini bosib qöyiş uçun bahona topişga harakat qilmoqda», - dedi Şuan.

U Amerika tomonining bunday xatti-harakatlarini «ikkiyuzlamaçilik, bema'nilik va adolatsizlik», deb atagan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Bloomberg Rossiya va Xitoyning yaqinlaşuviga «raqiblarning soxta ittifoqi», deya ta'rif bergandi.