Komil Allamjonov Shavkat Mirziyoyevga «Bibliobus»lar taqdimotini o‘tkazdi
Namangan shahrida joylashgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi 100 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi loyiha ishlab chiqdi.
Loyiha ushbu majmuani tubdan modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan. Jumladan:
– kutubxona yonida shinam kitob savdo markazi tashkil etiladi;
– viloyatning chekka mahalla va ovullari aholisi, ayniqsa, yoshlar mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Agentlik tomonidan maxsus jihozlangan “Bibliobus” yo‘lga qo‘yiladi.
“Bibliobus”lar ham kutubxona, ham kitob do‘koni sifatida sayyor xizmat ko‘rsatadi. Uning yordamida o‘quvchilar kutubxonaga emas, kutubxona o‘quvchilar oldiga boradi.
Prezident mazkur loyiha bilan tanishar ekan, uni qo‘llab-quvvatlashini, jumladan, ushbu ma'naviy qimmatga ega loyihani qisqa muddatda amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. Davlat rahbari, shuningdek, qariyb yarim gektarga teng maydonda joylashgan kutubxona tevaragini kitob mutolaasiga qulay, osoyishta bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Komil Allamjonovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagandi.
Mavzuga oid
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
16:18 / 28.10.2024
Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi
23:51 / 27.10.2024