2019 yil 4 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Komil Ismailoviç Allamjonovni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi farmoyişni imzoladi.

Eslatib ötamiz, bungaça Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori imzolangan edi.

Hujjatda Agentlikka Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qilişi belgilangan edi;

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şaroitlariga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining birinçi örinbosariga, uning örinbosarlari esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosarlariga tenglaştirilganligi e'lon qilingan edi.