Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Abu-Dabi shahrida Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. S.Svaraj Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
TIV xabariga ko‘ra, tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil kuzida Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida «Jo‘shqin Gujarat» xalqaro investitsion sammitida ishtiroki doirasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Samarqand shahrida Afg‘oniston ishtirokidagi «Hindiston-Markaziy Osiyo» muloqoti birinchi vazirlar uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi, ushbu tadbirda mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan edi.
Vazirlar O‘zbekiston-Hindiston va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi kun tartiblaridagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
21:23 / 28.01.2026
Nipah virusi Osiyo mamlakatlarini Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirishga majbur qildi
07:23 / 28.01.2026
Infografika: 2026 yilda G20'da eng tez o‘sish Hindistonda
02:10 / 25.01.2026