Sport | 20:40 / 06.03.2019
21339
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan «Real»ga qaytishi mumkin

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan mavsum yakunlanganidan so‘ng, «Real» bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. 

El Chiringuito xabariga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Ayaks»ga (1:4) qarshi o‘yindan so‘ng, Zidanga qo‘ng‘iroq qilgan. U mavsum o‘rtasida jamoaga qaytishdan bosh tortib, yangi mavsumdan oldin klubni boshqarishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» bu mavsum davomida bosh murabbiyni almashtirgan edi. Madridliklar Xulen Lopetegi bilan xayrlashib, o‘rniga Santyago Solarini tayinlashgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid