«Toshshahartransxizmat»ning avtobus parklaridagi ulushlari sotilishi mumkin
Toshkent shahridagi yo‘lovchi transporti faoliyati tubdan takomillashtiriladi. Bu yo‘lovchi va yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilab qo‘yilgan.
Hujjat bilan Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha Konsepsiya loyihasi ishlab chiqiladi. Bunga jahondagi yetakchi kompaniyalar jalb etiladi.
Bu boradagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2019 yil 1 iyulga qadar tayyorlanadi. Mas'ullar - Toshkent shahar hokimligi, «Toshshahartransxizmat» AJ.
Shuningdek, «Toshshahartransxizmat» AJning avtobus parklaridagi ulushlari ishonchli boshqaruvga beriladi yoki realizatsiya qilinadi.
Bu boradagi tegishli chora-tadbirlar 2019 yil 1 iyulga qadar ishlab chiqiladi. Mas'ullar - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
20:48 / 10.09.2024
Toshkentda konduktor mast holda bo‘lgan shaxsni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
11:05 / 08.09.2024
Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi
19:00 / 30.08.2024