Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti saylovlarida 39 nomzod kurash olib boradi
Ukraina markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti lavozimiga nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini tasdiqladi. Prezident saylovlarida umumi hisobda 39 nomzod ishtirok etadigan bo‘ldi.
“Ovoz berish byulleteni saylovlar kuni 39 nomzodning familiyalarini o‘z ichiga oladi”, deb aytilgan xabarda.
Shuningdek, byulletenlarda barcha nomzodlar haqida ma'lumot bo‘ladi.
Avvalroq 5 nomzod saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgani ma'lum qilingan. 7 mart nomzodlar saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortishlari mumkin bo‘lgan oxirgi kun bo‘lgan.
Saylovlar 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
So‘rovnomalarga ko‘ra, nomzodlar reytingida shoumen Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda, 2- va 3-o‘rinlarni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko va sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko egallamoqda.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026