Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada vazirlar oddiy samolyotlarga o‘tkaziladi
Germaniya vazirlar mahkamasi a'zolari hukumat samolyotlari tez-tez buzilib qolayotgani sababli tijorat reyslarida parvoz qilishga o‘tkaziladi. Bu haqda Spiegel xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, kansler, prezident, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari oq VIP-laynerlardan foydalanishda davom etadilar. Shu bilan birga, mamlakat kansleri Angela Merkel va federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyerga parvozlar vaqtida buzilish yuz bersa, foydalanish mumkin bo‘lgan zaxira laynerlar hamrohlik qiladi.
Bundan oldin, Afrikada Germaniya hukumatining samolyoti ishdan chiqqandi.
Xususan, havo kemasi dvigatelida nosozlik yuzaga kelishi oqibatida Germaniya iqtisodiy hamkorlik ishlari bo‘yicha vaziri Gerd Myuller Malavidan Zambiyaga uchib keta olmagan.