Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik GESni qayta tiklash boshlanmoqda
20 mart kuni Tojikiston prezidenti tojik energetiklari shahriga amaliy tashrifi davomida Nurek GESni qayta tiklash loyihasiga start beradi.
Kutilishicha, davlat rahbari GESni qayta tiklash ishlariga jalb etiluvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar bermoqda «AP» respublika hukumatidagi manbaga tayangan holda.
Nurek gidro elektr stansiyasini reabilitatsiya qilish bo‘yicha xalqaro tender (birinchi bosqich) 2017 yilning avgust oyi oxirida e'lon qilindi.
O‘shanda «Barki tochik» energetika shirkati tenderdagi uch ishtirokchidan bosh ofisi Avstriyada joylashgan ANDRITZ kompaniyalar guruhini tanladi.
2017 yil oxirida «Nurek GES Reabilitatsiyasi, 1-bosqich» loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar yig‘ildi.
Loyiha realizatsiyasi uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 225 million dollar ajratadi, bundan 57 million dollar grant tariqasida, qolgani esa - imtiyozli kredit sifatida.
Yevrosiyo Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi loyihani amalga oshirish uchun 40 million dollarni kredit tariqasida ajratdi. Osiyo infratuzilmaga investitsiyalar banki tomonidan yana 60 million dollar miqdorida kredit ajratiladi.
Ushbu loyihada Tojikiston hukumati ulushi 25 million dollarni tashkil etadi.
Nurek GESni qayta tiklash bo‘yicha birinchi bosqich loyihasi besh yil ichida amalga oshiriladi.
Nurek GESni tiklash loyihasi ikki bosqichga bo‘lingan bo‘lib, barcha 9ta gidroagregat va stansiya infratuzilmasining muhim komponentlari, avtotransformatorlarni almashtirish, qo‘shimcha transformatorlarni rekonstruksiya qilish, to‘g‘ondan foydalanish xavfsizligini oshirish, texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun taxminan 350 million dollar sarflash kerak.
Nurek GES to‘liq tiklanganidan so‘ng, obektda elektr energiyasi ishlab chiqarish 3300 MVt.ni tashkil etadi.
Bundan oldin, Rog‘un GES to‘g‘onini qurish apreldan davom ettirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024