Roğun GES töğonini qurayotgan Italiyaning «Salini Imprejilo» kompaniyasi gidro stansiya kötarmasi barpo etişni davom ettiriş uçun tayyorgarlik işlarini yakunlamoqda.
«Avesta»ning Tojikiston energetika idoralariga asosan xabar berişiça, Italiya kompaniyasi konveyer liniyasini örnatiş böyiça işlarni yakunladi, uning yordamida material töğonni quriş uçun yetkazib berilmoqda.
Konveyyer liniyasining uzunligi 5,5 ming metrni taşkil etadi. Konveyyer liniyasi materialni töğon markaziy qismiga yetkazib beradi. Buning uçun 40 million kub metrdan ziyod toş va şağal saqlanmoqda.
2018 yil noyabr oyi örtalarigaça Roğun GES töğoni balandligi 75 metrdan oşdi. Suv omboridagi suv miqdori 214 million kubometrni taşkil etdi. Kutilişiça, kötarma qurilişining davomi joriy yil aprel oyida boşlanadi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning 16 noyabrida Roğun GESda gidro elektr stansiya birinçi agregatining tantanali ravişda işga tuşirilişi bölib ötdi. Öşa kundan beri va 2018 yil oxirigaça gidro stansiya tomonidan 90,3 mln. kVt/s elektr energiya işlab çiqarildi.
Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga köra, joriy yilda Roğun GES qurilişi uçun 2,1 milliard somoniy (222,6 million dollar) ajratiladi.

















