Jahon | 20:56 / 11.03.2019
16271
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy cheklanmagan energiya manbai bo‘ladigan “sun'iy quyosh” yaratishni yakunlamoqda

Foto: NASA / GSFC/SDO

2019 yilda Xitoyning termoyadro sintezi uchun tajribaviy reaktori EAST’ni yaratish jarayoni yakunlanadi. Bu haqda Xitoyning milliy yadro korporatsiyasi rahbari Duan Suru ma'lum qildi. 

“Sun'iy quyosh” deb ataluvchi qurilma Quyoshdagi yadro sintezi jarayoniga o‘xshash reaksiyani yaratishga imkon beradi. Shu tariqa fiziklar cheklanmagan energiya manbasini olishga umid qilishmoqda

Suruning aytishicha, yangi tokamak (magnit g‘altakli toroidal kamera) ionlarni Tselsiy bo‘yicha 100 mln darajagacha qizdirishi mumkin, bu esa Quyoshning ionlaridan 7 marta issiqroqdir. Bu temperatura chegarasiga yetish termoyadro reaktorlarini yaratishning shartlaridan biri hisoblanadi.

Noyabrda xitoylik olimlar elektronlarni plazmada 100 mln darajagacha, ionlarni esa 50 mln darajagacha qizdirishga muvaffaq bo‘lishganinini ma'lum qilishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid