Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va YeI Londonning Brexit bo‘yicha kafolatlari haqida kelishib oldi
Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ma'lum qilishicha, Bryussel va London Buyuk Britaniyaning Brexit bo‘yicha huquqiy kafolatlari to‘g‘risida kelishib olgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Chiqib ketish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha aniq tushuntirishlar mavjud va yuridik kafolatlar belgilab qo‘yildi», - dedi Yunker.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv, xususan, Britaniya uchun Irlandiya chegarasini nazorat qilish rejimi bo‘yicha kafolatlar taqdim etadi.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, endi Bryussel va London Brexit’ni tartibga solingan holda yakuniy holatga keltirishi mumkin.
Bundan oldin, Tereza Mey vazirlar mahkamasi qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:14 / 09.05.2026
Trampning ittifoqchisi Britaniyadagi saylovlarda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026