Tojikistonda politsiya uchun yangi forma namunalari taqdim etildi
Tojikistonda IIVni isloh qilish bo‘yicha ehtimoliy donorlar tojik politsiyasi formasining yangi namunalari bilan tanishdilar.
12 mart kuni mamlakat Milliy kutubxonasida militsiyadagi islohotlar bo‘yicha ishchi guruhi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro tashkilotlar, YeXHT, Yevropa ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, AQSh, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar elchixonalari va bir qator xalqaro hamda jamoat tashkilotlari xodimlari qatnashdi.
Tadbirda ishtirok etayotganlarga tojik militsiyasi formasining yangi namunalari taqdim etildi.
Shu bilan birga, «AP»ning respublika IIVdagi manbaga asosan xabar berishicha, yig‘ilishdagi asosiy masalaga tojik militsiyasini politsiya deb nomlash uchun donorlar qidirish aylandi.
«Davlat tomonidan ajratilgan budjet mablag‘lari tojik militsiyasini politsiya deb nomlash, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun yangi formani yaratishga yetarli emas. Kutilishicha, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha donorlar ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘larni taqdim etadi», - deya ta'kidlab o‘tdi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar xodimlarining yangi formasi namunalari tayyor, ammo ularni keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun yetarli mablag‘ yo‘q.
Birinchi navbatda, kutilishicha, yangi formada odatiy «Militsiya» so‘zi o‘rniga «Politsiya» so‘zi paydo bo‘ladi. Avvalo, Dushanbe shahridagi PPX, DAN xodimlari va uchastka inspektorlari u bilan ta'minlanadi.
Yangi forma oq, kulrang, quyuq ko‘k rangda bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil yanvar oyi o‘rtalarida Toshkent shahar IIBB ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari deputatlar tomonidan tasdiqlanishi, xodimlar yangi forma bilan ta'minlanishi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
13:05 / 09.11.2024
Rossiyada politsiya «an’anaviy qadriyatlar»ni mustahkamlashni boshlaydi
19:32 / 31.10.2024