Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuk tashuvchi transport vositalari 2022 yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani xabar berilgandi.
Hujjat bilan 2022 yil 1 yanvargacha aviatsiya yoqilg‘isi, lokomotivlar, temir yo‘l vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601 — 8607), barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609), uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802), ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8701 20, 8704 23 (samosvallardan tashqari), 8716 31, 8716 39) bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
Bunda respublikaga olib kiriladigan aviatsiya yoqilg‘isi o‘rnatilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi.
Bundan oldin, «Qamchiq» dovoni orqali katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining o‘tishi cheklanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026
Andijonda qariyb 19 ming dollarni nonlar orasiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:59 / 23.01.2026
“Bojlar pasaytirilsa, mahsulot narxi arzonlashardi”: import sohasida tadbirkorlar hukumatdan qanday yordam kutyapti?
09:42 / 22.01.2026