Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiq» dovoni orqali katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining o‘tishi cheklanadi
Shavkat Mirziyoyev «Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Hujjat transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2019 yil davomida Transport vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga «Qamchiq» dovoni orqali katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining o‘tishini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun tashuvlarda Tojikiston va O‘zbekiston hududlaridagi muqobil tranzit yo‘laklaridan foydalanishga sharoit yaratish vazifasi yuklandi.
Bundan oldin, O‘zbekistonda Qamchiq va Taxtiqoracha dovonlaridan o‘tuvchi pulli tunnellar qurilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:50 / 23.03.2026