Jahon | 08:47 / 14.03.2019
7478
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda janglarda yaralanganlar uchun maxsus dori-darmon ishlab chiqilmoqda

Foto: REUTERS / Desmond Boylan

Hindistonning mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti aksilterrorchilik operatsiyalarida jiddiy yaralangan askarlarga shoshilinch birinchi yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan bir qator dori vositalarini ishlab chiquvchi maxsus laboratoriyani ishga tushirdi. Ushbu qaror jangovar yo‘qotishlar ko‘payotgani sababli qabul qilingan. Yangi dori vositalarining qo‘llanishi yaradorlarni yaqin oradagi malakali tibbiy yordam ko‘rsatiluvchi markazga muvaffaqiyatli yetkazishga imkon beradi.   

Hindistonning “Bxarat Tayms” axborot agentligining ma'lum qilishicha, laboratoriya tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalari orasiga qonayotgan jarohatlar uchun germetiklar, qonni yaxshi shimuvchi bog‘lovchi materiallar va glitserinli tuz eritmalari kirgan. Bundan tashqari, jangovar bo‘linmalar joylashgan hududlarga antiseptik va og‘riqsizlantiruvchi vositalar, yangi avloddagi antibiotiklar yetkaziladi.

Bu vositalarning jangovar hududlarda, ayniqsa jungli va katta balandliklarda yuz beruvchi jangovar to‘qnashuvlarda tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘llanishi juda samaralidir va yaralanganlarning hayotini saqlab qolish imkonini oshiradi.

Mavzuga oid