O‘zbekistonda onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi keskin kamaydi
2019 yilning 4 martdan 10 martgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJda 639,9 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 13,9%ga pasayib, deyarli 319,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 474 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 1,8 milliard so‘mni tashkil qildi.
Cavdolar natijasida bitimlarning qariyb 25% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 44% ikkinchi va 31% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 27%ga teng. Ikkinchi o‘rinda Buxoro viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi.
Keyingi o‘rin Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 10%ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 41%ga teng.
Bundan oldin, avtosanoat mamlakatdagi iqtisodiy holat yaxshilanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024