Avtosanoat mamlakatdagi iqtisodiy holat yaxshilanganini ma'lum qildi
Umumiy iqtisodiy holat yaxshilanganligini ma'lum qilgan respondentlar ulushi avtomobil sanoatida III chorakdagi 67 foizdan IV chorakda 83 foizgacha oshdi. Bu haqda Markaziy bankning «Iqtisodiyot real sektori korxonalari bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalari - 2018 yil IV chorak» hisobotida aytilgan.
2018 yil IV choragi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda jami 433 ta korxona va tashkilotlar qamrab olingan bo‘lib, ular oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, savdo va umumiy ovqatlanish, qurilish materiallari sanoati, tibbiy xizmat sohasi, turizm sohasi, transport sohasi, qurilish ishlari sohasi va hokazolarda faoliyat yuritadi.
Umumiy iqtisodiy holat yaxshilanganligini ma'lum qilgan respondentlar ulushi kimyo sanoatida 62 foizdan 79 foizgacha, tog‘-kon sanoatida 60 foizdan 75 foizgacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 71 foizdan 75 foizgacha, qurilish ishlari sohasida 65 foizdan 70 foizgacha oshgan bo‘lsa, yengil sanoatda 81 foizdan 76 foizgacha, oziq-ovqat sanoatida 76 foizdan 72 foizgacha, tibbiy xizmat sohasida 80 foizdan 65 foizgacha hamda transport xizmati sohasida 78 foizdan 73 foizgacha pasaygan.
Bundan oldin, O‘zbekistonda biznes ishlab chiqarish hajmining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolarni ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
18:27 / 31.10.2024
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
22:40 / 19.10.2024