Qozog‘iston O‘zbekistonga taklif bilan chiqdi
Qozog‘iston o‘zbekistonlik tadbirkorlarga mamlakat qishloq xo‘jaligi loyihalarida ishtirok etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yermek Kosherbayev biznes-forum yakunlari bo‘yicha xabar berdi, deb yozmoqda «Kazinform».
«Biz o‘zbekistonlik tadbirkorlarni qishloq xo‘jaligi loyihalarimizda keng ishtirok etishga taklif qildik, sababi Qozog‘iston - Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozoriga kirish uchun katta maydon. Ayni paytda biz ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston tomonidan javob oldik, uni muhokama qilamiz. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasi ham har ikki mamlakat ishbilarmonlari orasida qiziqish uyg‘otmoqda», - dedi Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga O‘zbekiston bilan birgalikda yangi xalqaro savdo zonasi va «Turkiston» o‘tkazish punkti yaratish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.
Mavzuga oid
17:03 / 28.11.2024
Putin Qozog‘istonga kelib, To‘qayev bilan uchrashdi – asosiy kelishuvlar haqida
16:08 / 28.11.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
20:47 / 27.11.2024
Bedarvoza bojxona va g‘oyib bo‘layotgan mashinalar – Kun.uz’da katta surishtiruv
20:41 / 27.11.2024