Sport | 18:00 / 15.03.2019
10757
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Foto: AFP/Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu UYeFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida Chempionlar ligasining shu haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik yetakchi YeChL 1/8 finalining javob «Atletiko»ga qarshi javob o‘yinida (3:0) het-trik qayd etgan va «byankoneri»ning ilk o‘yindagi 0:2 mag‘lubiyatidan keyin kambek amalga oshirishiga katta hissa qo‘shgandi.

Musobaqada haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga Ronaldudan tashqari «Barselona» sardori Lionel Messi, «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Leroy Sane ham da'vogarlik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba-chorshanba kunlari YeChLda quyidagi to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi: «Yuventus» — «Atletiko» (3:0), «Manchester Siti» — «Shalke» (7:0), «Barselona» — «Lion» (5:1), «Bavariya» — «Liverpul» (1:3).

Mavzuga oid