Kriştianu Ronaldu 41 yoşida Saudiya Arabistonidagi ilk rasmiy sovrinini qölga kiritdi. «An-Nasr» Saudiya Pro-Ligasi sönggi turida autsayder «Damaq» ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozondi va çempionlikni rasmiylaştirdi.

«An-Nasr» – «Damaq» 2:1
Gollar: Mane, 34 (1:0). Koman, 52 (2:0). Silla, 58 – penalti (2:1). Kriştianu Ronaldu, 63 (3:1). Kriştianu Ronaldu, 81 (4:1)
«An-Nasr»: Bentu, Al-Amri, Inigo Martines, Simakan, Al-Buşal (Al-Şarariy, 90+2), Al-Haybariy, Kriştianu Ronaldu (Al-Hamdan, 87), Mane (Ğarib, 87), Koman, Yahyo (Anjyelu Gabriel, 85), Joau Feliks
«Damaq»: Kevin, Silla, Bedran, Rabei (David Kaiki, 61), Abdulla, Al-Havsaviy (Al-Haybre, 81), Al-Ubayd, Harkass, Al-Anaziy (Meyte, 61), Okita (Al-Sumayriy, 85), Arielson (Nadji, 61)
Ogohlantirişlar: Kriştianu Ronaldu, 54. Mane, 60 – Al-Havsaviy, 25. Al-Anaziy, 26. Harkass, 62. Abdulla, 71

Barçasi sönggi turda hal böldi

Portugaliyalik forvard «An-Nasr» safiga 2022/23 yillar mavsumida kelib qöşilgan va haligaça jiddi natijaga erişa olmagandi: bu vaqt oraliğida 14 bor sovrindan quruq qolgan. Bu mavsumda ham Ronaldu sovrinsiz qoladigandek körinayotgandi – çempionat yarmida u mamlakatdagi asosiy klublarni boşqaruvçi Suveren fond ustidan şikoyat qilib, «An-Nasr»ga yetarliça e’tibor qaratilmasligidan nolidi hamda boykot e’lon qilib, maydonga tuşişdan boş tortdi.

Şundan keyin uning ayrim talablari bajarildi va «An-Nasr» yanvar örtalaridan boşlab 16 öyindan iborat ğalabali seriya qayd etgan holda turnir jadvalida peşqadam bölib oldi. Çempionlik muddatidan oldin rasmiylaştirilişi ham mumkin edi, ammo 32-turda asosiy raqobatçi bölgan «Al-Hilol» bilan öyinda sönggi daqiqada darvozabon Bentuning qöpol xatosi tufayli ğalaba qöldan boy berildi (1:1) va barçasi sönggi turda hal qilinadigan böldi.

Turnir jadvalida ikki oçkolik farq bilan ta’qib qilib kelgan «Al-Hilol» sönggi turda öz öyinida «Al-Feyha» darvozasiga tezkor gol urdi va onlayn jadvalda birinçi öringa çiqib oldi.

«An-Nasr» uçun esa öyin oson keçmadi. Turnir jadvalida 15-örinda bölgan «Damaq» quyi ligaga tuşib ketmaslik uçun qattiq qarşilik körsatdi. Ronaldu va jamoadoşlari töpga egalik qilişdi, ammo vaziyatlar hadeganda golga aylanavermadi. «Damaq» futbolçilari çuqur himoyalanişdi va vaqt çöziş bilan band bölişdi.

Faqat 35-daqiqaga kelib standart vaziyat mezbonlar joniga ora kirdi. Feliks burçakdan töp oşirdi, barça Ronalduni qöriqlayotganidan foydalangan Mane boş bilan darvozani işğol etdi. Ikkinçi bölim boşida esa Koman jarima maydoni taşqarisidan aniq zarba yöllab, jamoasidan bosimni butunlay olib taşladi. Ammo bu bilan öyindagi intrigaga barham berilmadi.