Hujumçi Kriştianu Ronaldu boykotini töxtatib, «An-Nasr» safida fevral oyi boşidan buyon ilk bor maydonga tuşdi. Uning yöqligida jamoa uçta öyinda ham ğolib çiqqandi, u bilan bu seriya davom etdi.

«Al-Fotih» – «An-Nasr» 0:2
Gollar: Kriştianu Ronaldu, 18 (0:1). Yahyo, 78 (0:2)
«Al-Fotih»: Paçeko, Saadan, Al-Suvalim, Fernandeş, Ma’sud (Al-Zubaydi, 68), Yussuf, Delgado, Baatia (Al-Sarnuh, 90+1), Bendebka (Al-Favaz, 90+1), Vargas, Batna
«An-Nasr»: Bentu, Simakan, Al-Amri, Inigo Martines (Al-Şarariy, 90+6), Al-Ğannam (Al-Buşal, 86), Brozoviç, Al-Haybari (Al-Hassan, 75), Mane (Yahyo, 75), Koman, Joau Feliks, Kriştianu Ronaldu (Al-Hamdon, 90+7)
Ogohlantirişlar: Ma’sud, 64 – Al-Haybari, 49. Inigo Martines, 88

Ğalaba goli

Uning qaytişi liga turnir jadvalining 10-örnida borayotgan «Al-Fotih»ga qarşi safar öyiniga töğri keldi. Kriştianu boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi va 18-daqiqadayoq Sadio Manening uzatmasini golga aylantirdi.

Bu gol Ronaldu uçun joriy mavsumdagi 18-gol böldi va u çempionatning eng yaxşi töpurarlari poygasida uçinçi örinda bormoqda. Birinçi örinda «Brentford»ning sobiq hujumçisi, hozirda «Al-Ahli»da töp surayotgan Ayven Touni 20 gol bilan peşqadamlik qilmoqda.

Bundan taşqari, Ronaldu faoliyatidagi jami gollari sonini 962 taga yetkazdi va minglik dovon sari yurişini davom ettirdi. 

«An-Nasr» muxlislari esa portugaliyalik futbolçining demarşidan xafa bölişmaganini körsatişdi – öyindan oldingi çigalyozdi maşğulotlari çoğida uni faollik bilan qöllab-quvvatlab turişdi. Ularning köpçiligi Kriştianu bu zabastovkani klub manfaatlari uçun uyuştirgan, deb hisoblaşadi.

Zabastovka sabablari

Bunga Ronalduning «Real»dagi sobiq jamoadoşi Karim Benzemaning transferi sabab bölgandi. Çempionat peşqadami va «An-Nasr»ning oltin medallar uçun kuraşdagi asosiy raqobatçisi «Al-Hilol» qişki transferlarning sönggi kunida uni «Al-Ittihod»dan sotib olgandi.

Portugaliyalik futbolçi esa mamlakatdagi asosiy yetakçi klublarni, jumladan, «Al-Hilol», «Al-Ittihod» va «An-Nasr»ni boşqaruvçi Saudiya Arabistoni Suveren fondi (PIF) olib borayotgan siyosat uning jamoasi çempion bölişiga xalal bermoqda, deb hisoblaydi. Kriştianuning fikriça, fond köproq raqobatçilarga yordam bermoqda. Jurnalist Yağiz Sabunjiöğlining yozişiça, 41 yoşli forvard Karimning transferidan norozi bölgan – u buni «halol raqobatga zarba» deb qabul qilgan.