Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaroni 540 ming dollarga «uxlatgan» ikki shaxs qo‘lga olindi
Foto: Yegor Aleyev/TASS
Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J. fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular 2017 yil sentabr oyidan 2018 yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan 540 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A. va T.J.lar qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:00
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
10:16 / 15.04.2026
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
19:34 / 13.04.2026
Taekvondochi Yosinbek Odilov yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
19:30 / 13.04.2026