Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kubogi juft yillarda o‘tkaziladigan bo‘ldi
FIFA Amerika kubogining 2020 yilgi musobaqadan boshlab juft yillarda o‘tkazilishini tasdiqladi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildi.
2018 yil 26 oktyabrda FIFA Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasining (KONMeBOL) Amerika kubogi o‘tkazilishi yillarini o‘zgartirish haqidagi murojaatini ma'qullagan. Musobaqa joriy yilda Braziliyada 14 iyundan 7 iyulgacha o‘tkaziladi. 2020 yildan esa yangi siklga o‘tib, Yevropa chempionati bilan sinxronlashtiriladi, ya'ni u bilan bir yilda o‘tkaziladi. Musobaqa har 4 yilda juft yillarda o‘tkaziladi.
Amerika kubogi 2020 yilda 12 iyundan 12 iyulgacha tarixda ilk bor ikkita davlatda – Argentina va Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, FIFA kengashining 15 mart kuni Mayamida o‘tgan yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, plyaj futboli bo‘yicha 2019 yilgi jahon chempionati Paragvayda 21 noyabrdan 1 dekabrgacha o‘tishi ma'lum qilindi
Bundan tashqari, mini-futbol bo‘yicha jahon chempionati 2020 yilda Litvada 12 sentyabrdan 4 oktyabrgacha o‘tishi belgilab olindi.
Mavzuga oid
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
23:06 / 21.05.2026
O‘zbekiston U-17 jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi
22:24 / 18.05.2026
Eron FIFAdan AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish kafolatini oldi
18:02 / 01.05.2026