Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Reklama to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi 723-I-sonli Qonuni 22-moddaning (Dori vositalari, kosmetika va maishiy kimyo vositalari reklamasi) to‘rtinchi qismi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi) quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:
“Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasiga nisbatan talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026