Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Navro‘z» kitob bayrami tadbirlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining «Navro‘z» kitob bayramiga tashrif buyuring. 19-29 mart kunlari Toshkent shahri bo‘ylab «Navro‘z» kitob bayrami xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.
Bayram arafasida sizni yirik kitoblar ko‘rgazmasi, taniqli adiblar bilan uchrashuvlar, bahs-munozaralar, kitob xayriya aksiyalari va bayramona dasturlar kutmoqda.
15 mart kuni Gematologiya va qon qo‘yish ilmiy-tekshirish markazida bemor bolalar uchun 300ga yaqin bepul badiiy kitoblar ulashish xayriya aksiyasi, 15-18 mart kunlari turli istirohat bog‘larida 10dan ortiq kitob yarmarkalari, 19-20 mart kunlari Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da taniqli adiblar va adabiyot namoyondalari bilan ijodiy uchrashuv, shuningdek, kitob sanoati, noshirlik va kitobxonlikka bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada muallif va tarjimonlar bilan muloqot va nashriyotlarning yangi loyihalari taqdimotida qatnashishingiz hamda nashriyotchilarga o‘z taklif-tavsiya, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Shuningdek, tadbirda noshirlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, kitob do‘koni tashkil etish, amaliyot va tajriba almashish, ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlar uchun mahorat darslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, 25-29 mart kunlari poytaxtning «Qatortol» ko‘chasida joylashgan kitob-savdo markazida noshirlik va o‘qish uchun mo‘ljallangan badiiy asarlar ko‘rgazmalari ham o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida ta'kidlangan barcha tadbirlar «Navro‘z» kitob bayrami shiori ostida o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun telefon raqami: 99 898-42-32.
Mavzuga oid
16:36 / 21.03.2026
Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda
14:19 / 21.03.2026
Navro‘z konsertida Amir Temur haqida kompozitsiya qo‘yildi
10:15 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev xalqni birdamlik va bunyodkorlikka chaqirdi
10:13 / 21.03.2026