O‘zbekiston | 12:04 / 18.03.2019
5959
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomaktablar litsenziyani onlayn qayta rasmiylashtirishi mumkin

Foto: Foto: Vitaliy Belousov / RIA Novosti

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali endi ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda, deb yozadi Norma.

Xizmatning to‘liq nomi: avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini taqdim etish uchun berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish.

U yuridik shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.

Lisenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning (EKIHning 1 barobari) 50 foizi  undiriladi.

Xizmat Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tartibga solinadi.

Arizani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid