Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Qrimni saylovlardan so‘ng qaytarishga va'da berdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni «prezidentlik saylovlaridan so‘ng» qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va'da berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Uning ma'lum qilishicha, Kiyev «hech qachon hech qanday tushunarsiz kelishuvlarga rozilik bermaydi».
«Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz bu imkon qadar qisqa vaqt ichida, prezidentlik saylovlaridan so‘ng yuz berishi uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani qilamiz», - deya ma'lum qildi u.
Bundan oldin, Poroshenko Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni «uch qismli zarba» deb atagandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqea tufayli Kanadaning Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalariga izoh berdi.
U Poroshenko Yevroittifoq, Kanada va AQShga Rossiya tomoniga nisbatan qo‘llanilgan sanksiya cheklovlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda shu tariqa transatlantik mamlakatlar Rossiya tomoniga «kuchli va uch qismli» zarba bergani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
14:39 / 31.05.2026
Ukraina Taganrog portida tanker, ikki samolyot va «Iskander» tizimini yo‘q qildi
11:05 / 31.05.2026