Sport | 14:00 / 18.03.2019
8702
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda Italiyaning chang‘i va snoubordda uchish maktabi ochiladi

Fristayl bo‘yicha italiyalik jahon chempioni Matteo Giatsa Ice City mehmonlarini chang‘i va snoubordda uchishga o‘rgatadi.

O‘zbekistonda birinchi va ayni paytda yagona bo‘lgan, chang‘i va snoubordda uchish uchun mo‘ljallangan, yil bo‘yi o‘z faoliyatini to‘xtatmaydigan «Ski Slope» usti yopiq trassasi paydo bo‘ldi. U Ice City sport-ko‘ngilochar majmuasining bir qismi hisoblanadi. Trassa loyihasi mashhur italiyalik mutaxassis Matteo Giatsaning ishtirokida yaratildi. Shuningdek, u nazoratchi-maslahatchilarimizni o‘qitish bilan bir paytda, mehmonlarimizga tog‘ chang‘isi sportining asoslarini o‘rganishga yordam berib turadi.

Matteo Giatsa – Italiyada snoubordda uchishning asoschilaridan biri bo‘lib, fristayl bo‘yicha mamlakat chempioni unvonini olgan.

U to‘rt yil davomida milliy tog‘ chang‘ichilar terma jamoasining a'zosi bo‘lib, bir yil mobaynida telemarkada milliy terma jamoasining a'zosi bo‘lgan. 30 yildan ziyod vaqt davomida u sport festivallarini tashkil qilib, xalqaro musobaqalar uchun loyihalar ishlab chiqqan, ona yurtida va butun dunyo bo‘ylab noyob qor majmualarini yaratish bilan shug‘ullangan.

Yuzlab tugallangan loyihalaridan biri – taniqli «Courmayeur» tog‘ chang‘i dam olish maskani.

«Ski Slope» trassasi chet ellik mutaxassis uchun haqiqiy sinovga aylandi.

– Bu qorli trassa majmua ichida joylashgan bo‘lib, yil bo‘yi ish faoliyatini davom ettirishga mo‘ljallangan birinchi loyihadir. Men odatda, 5-7 kun yoki ob-havo sharoitlari ijobiy bo‘lganda, bir oygacha o‘z faoliyatini davom ettira oladigan loyihalarda ishtirok etaman, – deydi Matteo Giatsa.

Mutaxassisning vazifasi trassani barqaror ishlashini ta'minlash, qor ishlab chiqarishni boshqarish va nazoratchi-maslahatchilarni tayyorlashdan iborat.

– Biz chang‘i va snoubordda uchishning asoslarini mukammal egallash uchun ajoyib maydonchani yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Sifatli qoplamdagi trassa xavfsiz, qiyalik burchagi esa 12° ni tashkil etadi. Sekinlashishni va ilk burilishlarni qilish uchun shuning o‘zi yetarli deb o‘ylayman. Qiyalik uzunligi 46 metr bo‘lib, tezlikni bemalol nazorat qilish imkonini beradi. Bu yerda biz filtrlangan suvdan foydalanamiz va dunyodagi yuqori sifatli qorni ishlab chiqaramiz. Uni tog‘larda yastanib yotgan qor bilan solishtirish noto‘g‘ri, chunki qor qoplamining tuzilishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Quyoshli kundagi qor bilan shamolli kundagi qorning tarkibi har xil bo‘ladi. «Ski Slope» uchun esa biz havaskor va chang‘i qiziquvchilarini tayyorlash uchun mos bo‘lgan qorni ishlab chiqaramiz.

– Qaysi yoshdan bolalarni chang‘i yoki snoubordda uchishga o‘rgatish mumkin?

– Snoubordda uchishni 5-6 yoshdan, chang‘ida uchishni esa 4 yoshdan o‘rgansa bo‘ladi. Men o‘zim 4 yoshimda o‘rganishni boshlaganman. Birinchi ustozim otam bo‘lgan.

– Ushbu sport turlaridan qaysi biri eng xavflisi?

– Chang‘i va snoubordda uchish ekstremal sport turlari toifasiga kiradi va ayrim xavf-xatar borligini anglatadi. Agar odam o‘ziga haddan tashqari ko‘p ishonsa va tog‘da mustaqil ravishda uchmoqchi bo‘lsa, xavf-xatar ehtimoli oshishi mumkin. Murabbiy yoki nazoratchi-maslahatchi bilan yopiq maydonda shug‘ullanish esa har tomonlama maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz uchun xavfsizlik juda muhim. Bu esa tashrif buyuruvchilarga to‘g‘ri ko‘rsatma berish va qoidalarni bajarishni qat'iy nazorat qilishdan iborat.

Yaqin kunlarda Ice City dagi «Ski Slope» trassasida chang‘i va snoubordda uchish maktablari ochiladi hamda «Ski Slope» xodimlari nazorati ostida har bir kishi bu sport turlarini boshidan o‘rganishlari mumkin. Darslar havaskorlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Mashg‘ulotlar 4-5 kishilik guruhlardan tashkil topishi rejalashtirilgan. Bolalar 4-5 yoshdan qatnasha olishadi.

 

Batafsil ma'lumotni www.icecity.uz saytidan yoki (+99871) 209-00-77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Siz ajoyib Ice City shahri hayoti bilan bugundanoq tanishib, uning diqqatga sazovor joylarini, qor maydonlarini ko‘rishingiz mumkin – hozir majmuada bayramona ochiq eshiklar haftaligi e'lon qilingan. Bu 14-20 mart davomida depozit majburiy emasligini anglatadi. Attraksionlar narxiga ko‘ra to‘lanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 6

Mo‘ljal: NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuasi

Telefon: 71 209 00 77

Facebook: fb.com/icecitytashkent

Instagram: instagram.com/ice_city_tashkent

Telegram: t.me/Ice_City_Tashkent

Sayti: www.icecity.uz

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid