6 yoshli chechenistonlik Rahim Kuriyev navbatdagi rekordini o‘rnatdi
6 yoshli chechenistonlik Rahim Kuriyev navbatdagi rekordini o‘rnatdi. U bu galgi rekordida bruslarga qo‘llarda tayangan holda gavdani 330 marta tushirib-ko‘tara olgan.
Bu yangi jahon rekordi bo‘lib, Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi. Uni shu munosabat bilan Grozniyga ataylab uchib kelgan nashrning bosh muharriri Stanislav Konenko qayd qilgan.
Rahim 2018 yil noyabrda 5 yoshida yerga qo‘llarda tayangan holda gavdani tushirib-ko‘tarish mashqi bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. U 2,5 soat davomida, tanaffus qilmay gavdani 4105 marta tushirib-ko‘tara olgan. O‘shanda bolakay o‘z rekordini Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga bag‘ishlagan.
Qodirov o‘z navbatida sportdagi yutuqlar uchun Rahimning otasiga Mercedes avtomobilini, bolakayga esa “Chechenistonning faxriy fuqarosi” unvonini bergan.
Bolaning otasi va murabbiyi Zelim Kuriyevning aytishicha, o‘g‘li sportga ilk qadamlarini tashlagan paytlaridayoq qiziqa boshlagan va 3 yoshida 100 marta qo‘llarga tayangan holda gavdani tushirib-ko‘tara olgan. Keyinroq Rahim maxsus dastur yordamida uydagi sportzalda mashq qila boshlagan.
Mavzuga oid
19:16
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
15:10 / 12.11.2024
Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi
12:27 / 06.11.2024