Rossiyada “Içkeriya Çeçen Respublikasi” (IÇR) faoliyati taqiqlandi va u “terroristik taşkilot” deb tan olindi. Bu haqda 7 aprel, seşanba kuni Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati xabar qildi. Mazkur qarorni Grozniy şahridagi Şayx Mansurov tuman sudi yana 12 mart kuni çiqargan bölib, bu holatga “7x7” Telegram-kanali e’tibor qaratgan. Şuningdek, IÇRning Yevropaning 14 mamlakatidagi 29 ta bölinmasi ham “terroristik” deb e’lon qilingan.
FXX iddaosiça, uşbu guruh a’zolari Ukraina Qurolli kuçlari tomonida Rossiya armiyasiga qarşi jang qilmoqda va RFning Kursk hamda Belgorod viloyatlaridagi diversiyalarga aloqador bölgan. Idora ma’lumotiga köra, taşkilotga Buyuk Britaniyada yaşovçi Ahmad Zakayev rahbarlik qiladi.
2024 yilda Rossiya hokimiyati unga nisbatan Ukraina Qurolli kuçlari tarkibida köngilli batalon tuzgani munosabati bilan jinoiy iş qözğatgan va uni “terroristlar va ekstremistlar” röyxatiga kiritgan edi. Öşa yilning özidayoq Rossiya Oliy sudi IÇRning muhojirlikdagi hukumatini avval “ekstremistik”, keyin esa “terroristik taşkilot” deb tan olgan.
Ahmad Zakayev tan olinmagan “Içkeriya”ning taşqi işlar vaziri bölgan, Ikkinçi çeçen uruşi boşlanganidan keyin esa dala qömondoniga aylangan. 2001 yilda Rossiya uni “terrorizm” ayblovi bilan xalqaro qidiruvga bergan, ammo 2003 yilda London sudi ta’qib siyosiy sabablarga köra olib borilayotganini tan olib, uni Rossiyaga ekstraditsiya qilişni rad etgan. Şundan buyon Zakayev Buyuk Britaniyada yaşab keladi, u yerda unga siyosiy boşpana berilgan.
“Içkeriya Çeçen Respublikasi” — 1993 yildan 1999 yilgaça Çeçeniston hududida mavjud bölgan özini mustaqil deb e’lon qilgan respublika. U Ikkinçi çeçen uruşi davomida tugatilgan. Öşa uruş yakunlariga köra, Çeçenistonga hozirgi mintaqa rahbari Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Qodirov rahbar bölgan.












