O‘zbekiston | 08:32 / 21.03.2019
64258
1 daqiqa o‘qiladi

Karimov Fondi Navro‘z shodiyonalari aks etgan noyob videolavhalarni e'lon qildi 

Karimov Fondi Navro‘z shodiyonalari aks etgan noyob videolavhalarni e'lon qildi. Bu haqda Fondning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, ushbu videolavhalarda Toshkent markazida joylashgan Xalqlar do‘stligi maydonida 1993 yilning mart oyida, ya'ni Mustaqillikka erishilgandan bir yarim yil o‘tib bo‘lib o‘tgan Navro‘z shodiyonalari tasvirlangan.

«Islom Karimov sovet ittifoqi respublikalari rahbarlari orasida birinchi bo‘lib Navro‘zni davlat bayrami deya e'lon qilgan edi», - deyiladi Fond xabarida. 

Ma'lum qilinishicha, O‘zSSR prezidentining 1990 yil 3 maydagi qarori bilan Navro‘z umumxalq bayrami, 21 mart esa dam olish kuni deya e'lon qilingan.

Bundan oldin, Toshkent shahrida Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazish dasturi e'lon qilingandi.

Mavzuga oid