Jahon | 01:01 / 21.03.2019
15675
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp yaqin soatlarda IShIDni batamom yakson qilishga va'da berdi

Foto: Manuel Balce Ceneta / AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin soatlarda IShIDning oxirgi istehkomini yo‘q qilishga va'da berdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.  

Tramp Oq uy maysazorida jurnalistlar oldidagi nutqida ikkita xaritani namoyish qilgan. Ulardan birida Tramp prezident etib saylangan kunda IShID nazorat qilgan hudud, ikkinchisida esa joriy holat tasvirlangan. “Men kelganimda betartiblik bo‘lgan. Endi bu bugun oqshomda yo‘q bo‘ladigan mitti dog‘dir”, deb aytgan Tramp. 

7 fevralda Tramp Iroqdagi generallariga IShIDga qarshi tegishli operatsiyalarni o‘tkazishga “yashil chiroq” berganini aytgan. O‘shanda u harbiylar bu vazifani bir hafta ichida bajarishga va'da qilishganini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid