Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun gaz arzonlashishi mumkin
1 kub metr uchun belgilangan tarifni 600 so‘mdan 320 so‘mgacha pasaytirish taklif qilinmoqda, deb yozadi Norma Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga asosan.
Qayd etilishicha, mahalliy qozonxonalar uchun foydalaniladigan gaz narxi oshirilganligi sababli so‘nggi paytda aholi va XUMShdan idoraga shikoyatlar kelib tushmoqda.
Qo‘mita vaziyatni o‘rganib, isitish maqsadida mahalliy qozonxonalarda tabiiy gazdan foydalangan XUMSh ulgurji iste'molchilarga tenglashtirilib, 1 kub metr uchun 600 so‘mlik tarif bo‘yicha haq to‘lashini aniqladi. Ayni paytda aholi kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan tabiiy gaz qiymati 1 kub metr uchun 320 so‘mni tashkil etadi.
Narxlardagi notenglikni bartaraf etish maqsadida Qo‘mita Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. U qabul qilingan taqdirda mahalliy qozonxonalarga ega bo‘lgan barcha XUMSh gaz haqini aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha: 1 kub metr uchun 320 so‘mdan to‘laydi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026