Sport | 18:29 / 22.03.2019
36767
2 daqiqa o‘qiladi

China Cup 2019. O‘zbekiston milliy jamoasi Urugvayga yirik hisobda yutqazdi

Xitoyning Nanning shahrida China Cup 2019 xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimfinalda Urugvayga qarshi o‘ynadi va 0:3 hisobida yutqazdi. Gollar Pereyro va Stuani (2) hisobiga yozildi.

Dastlabki yarimfinal bahsida musobaqa mezboni Xitoy milliy jamoasi Tailandga qarshi o‘ynab, 0:1 hisobida yutqazgan edi. 

Endi Urugvay milliy jamoasi finalda Tailand bilan bellashadi. O‘zbekiston esa 3-o‘rin uchun Xitoy bilan o‘ynaydi. Har ikkala bahs 25 mart kuni o‘tkaziladi.

China Cup 2019, 1/2 finallar
 22 mart, Nanning, Guanxi Spors Centre stadioni
Urugvay – O‘zbekiston 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
Pereyro (5), Stuani (24, 82) 
Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)
Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin (Koates 64), Ximenes, Laksalt (Gonsales 61), Nandes (Rodriges 77), Vesino, Bentankur, Lodeyro (Sarachchi 61), Stuani, Pereyro
O‘zbekiston: Quvvatov, Sayfiyev, Ismoilov, Krimets, Hoshimov, Ahmedov, Shukurov, Sidiqov (Aliboyev 72), Masharipov, Hamdamov (Mirzayev 64), Shomurodov (Bikmayev 64)
Ogohlantirishlar: Hoshimov (59), Masharipov (79), Ximenes (85) 

21 mart, Nanning, Guanxi Spors Centre stadioni
Xitoy - Tailand 0:1
Gol: Songkrasin (33)

Mavzuga oid