Sport | 14:42 / 22.03.2019
22174
2 daqiqa o‘qiladi

«Real»ning birinchi raqamli transfer maqsadi ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

«Real» yozgi transfer mavsumi uchun birinchi raqamli maqsadini belgilab oldi, deb xabar bermoqda AS.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» mavsum yakunida bor e'tiborini «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega qaratmoqchi. Klub prezidenti Florentino Peresning shaxsan o‘zi bu qarorni qabul qilgani aytilmoqda.

Qayd etish kerak, «Real» Mbappeni sotib olishga 2017 yilda ham urinib ko‘rgan, ammo o‘shanda fransuz «PSJ»ni tanlagan edi. Parij klubi moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammo, qolaversa o‘yinchining o‘z istagi tufayli ham uni transferga qo‘yishga majbur bo‘lishi mumkin.

20 yoshli hujumchi joriy mavsumda Fransiya chempionatining 23ta o‘yinida maydonga tushib, 26ta gol va 6ta golli pas muallifi bo‘ldi. U bu ko‘rsatkich bilan to‘purarlar jadvalini boshqarib turibdi.

Avvalroq «PSJ» ketishi ehtimoli bor Neymar va Mbappening o‘rniga «Atletiko»dan Antuan Grizmanni ko‘z ostiga olib qo‘ygani xabar qilingandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid