Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Chimyon tog‘ida harbiy xizmatchilar o‘rtasida marafon o‘tkazildi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘rtasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan «Skayranning» (Toqqa yugurish) bo‘yicha marafon o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi mezbonligi ostida o‘tkazilgan marafonda 60dan ortiq harbiy xizmatchilar qatnashib, Bo‘stonliq tumanining Galavasoy—Bildirsoy—Chimyon tog‘ining so‘qmoq yo‘llari, qorli qiyaliklar va toshli qoyalar bo‘ylab Kichik Chimyon cho‘qqisigacha (2090 metr) tog‘ hududlarida 21 kilometr masofaga yugurdi.
«Mutaxassislar tomonidan tanlangan ushbu yo‘nalishning dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 1700 metrni va tushib chiqishi 1100 metrni tashkil etib, marafon ishtirokchilariga tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha o‘z ko‘nikmalari va jismoniy tayyorgarligini sinab ko‘rishga xizmat qildi», — deyiladi xabarda.
Marafon yakuniga ko‘ra, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi Arman Qurolov 1 soatu 46 daqiqa natija bilan 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplomlar va qimmatboho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026