Jahon | 15:40 / 23.03.2019
8627
1 daqiqa o‘qiladi

Mozambikda kuchli dovul qurbonlari soni 400 nafardan oshdi

UNICEF Pacific/Handout via Reuters

Mozambikda ro‘y bergan «Idai» nomli tropik siklon oqibatida halok bo‘lganlar soni 417 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi Mozambik Yer, atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi vaziri Sersu Korreyaga asoslanib xabar tarqatgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 23 mart kuniga kelib vaziyat birmuncha yaxshilangan, ammo xavf hali to‘la bartaraf bo‘lmagan.

Ayni vaqtda Mozambikda suv toshqinlari tufayli 90 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, kuchli dovullar Afrika qit'asining janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yopirilgan hamda Mozambikdan tashqari Zimbabve va Malaviga ham jiddiy ziyon yetkazgan.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Zimbabveda  104 kishi, Malavida esa 84 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan.

Mavzuga oid