Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bukhara Tower: Buxoroda "Shuxov minorasi" me'moriy yodgorlikka aylantirildi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Muhandis Vladimir Shuxovning "To‘rsimon dastxat" minorasi bugun yana qayta "jonlandi". 92 yillik tarixga ega suv inshooti tarixiy va hamisha navqiron Buxoroning me'moriy yodgorligi sifatida xizmat ko‘rsata boshladi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
24 mart kuni bo‘lib o‘tgan "Shuxov minorasi"ning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shahriyorov, Fransiyaning favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim, Buxoro shahri hokimi K.Kamolov, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti direktori F.Xo‘jayev, IIV vakillari va xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi.
Bukhara Tower ochilishi munosabati bilan qizil tasma uzilganidan so‘ng mehmonlarga minora tarixi haqidagi videorolik namoyish etildi.
Minoraning birinchi qavatida kafe, avia- va temir yo‘l chiptalari kassasi, mehmonlar uchun axborot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ikkinchi qavatda restoran joylashadi. To‘rsimon tuzilmaning uchinchi qavatidan esa sirli Buxoroning ertaknamo go‘zalligini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Manbada ta'kidlanishicha, Bukhara Tower turizm sohasida yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi, tinchlik va farovonlik mayog‘i sifatida xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025