Hukumatning qator ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qaroriga muvofiq “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini an'anaviy tarzda o‘tkazish belgilangan.
Quyidagilar:
“Xalq cholg‘ulari ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom;
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom;
Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
“Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas'ul etib belgilandi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan tanlovlarning maxsus logotiplari va sovrindorlar uchun statuetkalar zskizlari loyihalarini tayyorlaydi.
Mavzuga oid
11:18
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024