Jamiyat | 10:45 / 28.03.2019
35282
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kembrij xalqaro maktabi O‘zbekistonda

Murad Buildings kompaniyasi CIS Education Group bilan hamkorlikda Cambridge Residence turar-joy majmuasi qoshida xalqaro ta'lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi.

Foto: Murad Buildings
Foto: Murad Buildings
Foto: Murad Buildings

Cambridge International School – butun dunyo bo‘ylab o‘quv muassasalarida ta'lim tizimini yaratishga xizmat qiluvchi xalqaro operator.  CIS Buyuk Britaniyadagi Kembrij universitetining bir qismi hisoblanib, zamonaviy va har tomonlama qulay sharoitlarda sifatli ta'lim olishni kafolatlaydi.

Murad Buildings kompaniyasining asoschisi va rahbari Murod Nazarovning qayd etishicha, innovatsion ta'lim majmuasi 540 o‘rinli maktab va 200 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chasini o‘z ichiga oladi. Bu yerda nafaqat o‘quvchilar, balki ularning ota-onalari, qo‘shni bo‘lgan aholi bilan hamkorlikda xorijiy tillarni o‘rganishga yo‘naltirilgan katta tadbirlar va bayramlar, o‘quv ma'ruzalari, sport musobaqalarini tashkil etish mumkin.

Foto: Murad Buildings
Foto: Murad Buildings
Foto: Murad Buildings

«Hozirgi kunda xalqimiz tomonidan xalqaro standartlardagi ta'limga bo‘lgan qiziqishni his etgan holda 2018 yilda biz o‘zida barcha zamonaviy majmualar – turar-joy binolar, savdo shoxobchalari, dam olish maskanlari, sport maydonlaridan tashqari, ta'lim muassasalarini ham mujassamlagan «shahar ichida shaharcha», ya'ni Safia Park loyihasini amalga oshirishga qaror qildik. Keyinchalik CIS kompaniyasi vakillari aynan mazkur hududda ta'lim maskanini ochish taklifi bilan murojaat qilganida, ularning talab-istaklari, ish rejalarini o‘rgangan holda hamkorlik qilishga kelishdik va barcha inshootlar, majmualar mana shu maktab atrofida qurilganligi sababli loyiha nomini Cambridge Residence deb o‘zgartirdik. Bizga ma'lumki, bir necha minglab oilalar farzandlari eng yaxshi ta'limni olishi uchun xorijga jo‘natishga majbur bo‘lishadi. Cambridge International School esa o‘z yaqinlaridan yiroq bo‘lmagan holda eng zamonaviy bilim va tajribalarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi mukammal maskandir. Umid qilamizki, mazkur ta'lim maskani Cambridge Residence shaharchasida o‘ziga xos muhitni yaratib, insonlarni har tomonlama qulay va baxtiyor hayot kechirishlarida o‘z hissasini qo‘shadi.

Mendan doimo omadning kaliti nima deb so‘rashganida, muvaffaqiyat siri – mahalliy sharoit va an'analardan kelib chiqqan holda amaliyotda eng zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtira olishdir, deb aytaman. Shu sababli insonlar, chunonchi farzandlarimizning sifatli ta'lim olishiga va o‘z ustilarida tinimsiz mehnat qilishiga katta e'tibor qaratilishi kerak. Shundagina bizning yurtimizda rivojlanish bo‘ladi, iqtisodiy o‘sish kuzatiladi, farzandlarimiz jamiyatga naf keltirdigan insonlar bo‘lib yetishadilar», - deya ta'kidladi Murod Nazarov.

Foto: Murad Buildings

Yangi ta'lim maskanida o‘zbekistonlik o‘qituvchilar ishga jalb etiladi. Shu bilan bir qatorda turli mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh va boshqa xorij davlatlaridan tashrif buyuruvchi xalqaro toifadagi o‘qituvchilar ham faoliyat olib boradi. O‘quv muassasasining yana bir ajralib turuvchi jihati – zamonaviy innovatsion texnologiyalar va sport infratuzilmasiga asoslangan katta majmua bo‘lib, bu yerda farzandlaringiz xalqaro ta'lim bilan hamnafas bo‘lgan holda eng ilg‘or bilimlarni olish hamda bo‘sh vaqtda sport to‘garaklari bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, maktabda barcha ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy tadqiqot laboratoriyalari, taomlar tayyorlash studiyasi, media maydon va hattoki, robototexnika bo‘yicha maxsus korpus ham tashkil etiladi. Barcha o‘quv jihozlari Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniyadan keltirilgan.

Foto: Murad Buildings

Margaret Rayt, Cambridge International School bosh akademik direktori:

«Biz Toshkentda CIS Education Group maktabini ochayotganimizdan xursandmiz. Cambridge Residence majmuasida barcha zamonaviy shart-sharoitlar mavjudligi sababli maktabni shu yerda ochishga qaror qildik. Biz xalqaro standartlarga sodiq holda, o‘quvchilarga nafaqat eng sifatli ta'limni hadya etamiz, balki butun dunyodagi tarmoqlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib, jahon tajribalarini o‘zlashtirshga yordam beramiz. Kembrij ta'lim dasturi o‘quvchilarga kelajakda oliygohlarga kirishlari hamda professional faoliyatni boshlashlari uchun zarur ko‘nikmalarni beradi».

Ma'lum bo‘lishicha, Cambridge maktabi 2019 yilning 1 sentyabrida birinchi o‘quvchilarini qabul qilishni rejalashtirgan. CIS vakillarining ta'kidlashicha, maktab mazkur hududdagi eng innovatsion ta'lim muassasasiga aylanadi.

Joriy yilning may oyida Olmazor tumanida qad rostlagan Cambridge Residence majmuasining ochilish marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Cambridge International School: tashkent@ciseducationgroup.com

Murad Buildings: info@mbc.uz

Murojaat uchun telefon: +998903484540

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid