Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent moliya institutida Malayziya bilan qo‘shma fakultet ochildi
2019 yil 26 mart kuni Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) o‘rtasida tashkil etilgan “Binary Graduate School” qo‘shma fakultetining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbar-xodimlari, Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari, Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Hendi Assan va Malayziyaning Bayneriy universiteti prezidenti Tan Sri Dato professor Jozef Adaikalam, universitet rektori, professor Sulochana Nair va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Gilbert Alvin hamda Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar.

Mazkur qo‘shma fakultetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Master of Business administration (MBA), MSc in Accounting & Finance (by research), MSc in Information Technology Management kabi ta'lim mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash belgilab olingan.

O‘qishga qabul magistrantlarga 1+1 dasturi yoki dastur davomida istalgan 1 semestrni Malayziyada tahsil olish imkoniyatlari yaratiladi. Mazkur qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.




Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026